Messi va Mbappe ahvoli bo‘yicha bayonot berildi

  • 22 yanvar, 2022, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Frantsiya chempionatining 22-tur o‘yini oldidan jamoa etakchilari Lionel Messi va Kilian Mbappening ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi.

- Biz Mbappening tiklanish jarayonidan mamnunmiz. U bo‘lajak o‘yin qaydnomasiga kiritiladi. Boshlanzich tarkibga kirish yoki kirmasligini vaqt ko‘rsatadi. Messi masalasida aytishim mumkinki, u bir hafta davomida umumiy guruh bilan shug‘ullandi. Bu yoqimli holat, - dedi Maurisio Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi koronavirus yuqtirgani bois bir oydan beri maydonga tushmayapti. Kilian Mbappe esa chap oyog‘idagi mushaklari bezovta qilganidan keyin tibbiy muolaja olgandi.

PSJning yana bir yulduzi Neymar hali umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgani yo‘q. Braziliyalik hujumchi hozircha yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!