Messi va Neymar kurashga qo‘shildi

  • 3 iyun, 2020, 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sardori Lionel Messi dunyo bo‘ylab davom etayotgan irqchilikka qarshi kurash aktsiyasiga qo‘shildi. Ushbu aktsiya musiqa sohasida faoliyat yuritayotgan qora tanli ayollar – Jamila Tomas va Brianna Agemang tomonidan tashkil etilgan. Tobora ommalashib borayotgan #BlackOutTuesday fleshmobi AQShda politsiya tomonidan afroamerikalik Jorj Floydning o‘ldirilishiga qarshi o‘tkazilmoqda.

Tecno

Leo ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida o‘z tvitter sahifasida #BlackOutTuesday xeshtegi bilan qora kvadrat shaklini qo‘ydi. Uni PSJ hujumchilari Neymar, Kilian Mbappe, “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala, Ukraina bosh Andrey Shevchenko qo‘llab-quvvatladi.

Ta’kidlash joizki, Jorj Floyd politsiya xodimi tomonidan gumon bo‘yicha qo‘lga olingan lekin qonun himoyachilariga hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan. Shunday bo‘lsa-da, politsiyachi Derek Shovin uning tomog‘ini 10 daqiqa davomida tizzasi bilan bosib turgan. Jorjning bir necha marotaba nafas ololmayotganidan shikoyat qilishi ham unga ta’sir qilmagan. Nafas etishmovchiligidan hushini yo‘qotgan Floyd kasalxonada vafot etdi. Politsiyachining noqonuniy harakatlari norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi.

Moskvaning “Lokomotiv”ini O‘zbekiston termasida o‘ynagan futbolchi boshqarishi kerak!

Zidanning omadi chopdi. Hamma talashayotgan super futbolchi “Real”ni tanladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!