Messi va Ramosning munosabati buzildi

  • 11 noyabr, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning mashhur nashri - L’Equipe tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, PSJ yulduzlari – Lionel Messi va Serxio Ramos munosabatlari salbiy ko‘rinish olgan.

Tecno

Ramos Parijga kelganidan keyin ko‘p futbolchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatgan bo‘lsa-da, Lionel Messining ko‘ngliga yo‘l topa olmadi. Bu ikki yulduz shu yil yozga qadar ikki ashaddiy raqib – “Barselona” va “Real” sardorlari bo‘lgani ham PSJ muhitiga ta’sir qilmoqda.

Eng qizig‘i, ular sadoqat qilgan jamoalari bilan yangi shartnoma tuza olmasdan Parij klubiga kelib qoldi. Har ikkisi ham 2023 yilning yozigacha PSJ sharafini himoya qilishi kerak. Messi yangi jamoasi safida bir necha uchrashuvda ishtirok etdi.

Serxio Ramos esa jarohatini davolatayotgani bois, hali PSJda debyutini nishonlagani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!