TIGGO 2 PRO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi tashkiloti ortda qolgan yilning eng yaxshi pleymeykeri nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messi birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. E’tiborli tomoni shundaki, argentinalik yulduz bu nomga 5-marta ega chiqmoqda. Mazkur natida rekord hisoblanadi. Avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich "Barselona" afsonasi Xaviga tegishli edi - 4 bor.

Quyida IFFHS versiyasi bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi pleymeykerlari bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

1. Lionel Messi (PSJ / Argentina);

2. Luka Modrich ("Real" / Xorvatiya);

3. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti" / Belgiya);

4. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted" / Portugaliya);

5-6. Antuan Grizmann ("Atletiko" / Frantsiya);

5-6. Bernardu Silva ("Manchester Siti" / Portugaliya).

Leo tashkilot tomonidan joriy yilning o‘zida 3-marta taqdirlanmoqda. Avvalroq, u yilning eng yaxshi futbolchisi va to‘purari sovrinlarini qabul qilib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!