Messi yana qancha futbol o‘ynashi hal bo‘ldi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi faoliyatini hozirgi klubi “Inter Mayami”da davom ettiradigan bo‘ldi. Florida klubi argentinalik yulduz bilan amaldagi shartnoma 2028 yilning 31 dekabrigacha uzaytirilganini rasman e’lon qildi.
38 yoshli futbolchining avvalgi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan edi va yangi bitim Messi uchun muhim ahamiyat kasb etishi aytilmoqda.
Evropada “Barselona” va “Pari Sen-Jermen”dagi yorqin faoliyatidan keyin argentinalik jahon chempioni 2023 yilning yozida AQShga ko‘chib o‘tdi va “Inter Mayami” jamoasi safiga qo‘shildan.
Shundan beri Messi barcha turnirlarda 82 ta uchrashuvda ishtirok jtib, o‘z hisobiga 71 ta gol va 37 ta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.
“Inter Mayami” tarkibida mashhur yulduz 2023 yili Ligalar kubogi sohibi bo‘ldi. 2024 yilgi mavsumda esa Messi MLS muntazam chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar