
Messi yana Ronalduni dog‘da qoldirdi
FourFourTwo nashri XXI asrning eng zo‘r futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Jami 100 nafar charm to‘p ustasi kiritilgan reytingda Lionel Messi birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Messi bu reytingda PSJ o‘yinchisi sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, uning birinchi o‘rinni egallashiga “Barselona”dagi faoliyati asos bo‘ldi. Bu borada argentinalik yulduz “Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Kuchli uchlikdan “Barselona”da Lionel Messining gol urishiga ko‘plab imkoniyatlarni yaratib bergan Andreas Inesta ham joy oldi.
Ushbu reytingning eng yuqori o‘n qatoriga mazkur futbolchilaridan tashqari Xavi Ernandes, Ronaldino, Zinedin Zidan, Terri Anri, Manuel Noyer, Kaka va Luis Suares joylashtirildi.
Fikrlar