Messi yoki Ronaldu?

  • 29.10.2020 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Barselona" forvardi Lionel Messini "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldudan yuqori qo‘yishini aytdi.

“Messi yoki Ronaldu? Dahshatli savol! Iqtidor jihatidan Messini tanlayman. Lekin Ronalduning natijalari hayratlanarli”, - dedi ingliz murabbiyi.

33 yoshli Messi joriy mavsum 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 35 yoshli Ronaldu 2 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol urdi. U hozir koronavirusdan davolanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!