
Messi zo‘rmi yoki Ronaldu? Eski savolga yangi javob
Taniqli futbol mutaxassisi Mircha Luchesku “Barselona” etakchisi Lionel Messi va “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi asosiy farqni aytdi.
- Men faoliyatim davomida Messi va Ronaldu bilan ko‘p to‘qnash kelganman. Messi – bo‘yi baland bo‘lmagant o‘yinchi. U tor va imkoniyat cheklangan hududda tezkorligi, driblingi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi kabi xususiyatlari evaziga juda zo‘r o‘ynaydi. Ronaldu bosh toifadagi o‘yinchi. U gol urishni yaxshi ko‘radi va unga kengroq maydon kerak. Ronaldu gol urishi uchun jamoadoshlarining yordamiga muhtoj. Leo buni bir o‘zi amalga oshira oladi. Shunga qaramay, har ikkisi ham eng kuchli futbolchilardir, - deydi Luchesku.
Evropa Chempionlar ligasining guruh bellashuvlarida Ronaldu va Messi bir biriga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar