
Messidan antirekord!
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi La Liga 7-turida "Real"ga (1:3) qarshi kechgan bahsda gol urolmadi.
Futbol statistikasi bilan shug‘ullanuvchi Pedro Martinning ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchi ketma-ket oltinchi "el-klasiko"da gol urolmadi va shaxsiy antirekordi yangilandi.
Oxirgi marta, Messi 2018 yilning 6 may kuni "Real" darvozasini ishg‘ol etgandi. Ushbu uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakuniga etgan. Shundan so‘ng, Kataloniya klubining forvardi La Liga va Ispaniya kubogi doirasida 6 ta "el-klasiko"da qatnashdi.
Shu qatorda, Pedro Martin Messining faoliyatida pasayish yuzaga kelganini ham ma’lum qildi. U Madrid klubiga qarshi kechgan dastlabki 27 ta bellashuvida 21 ta gol urgan. So‘nggi 17 ta qarama-qarshilikda esa, bu ko‘rsatkich 5 tani tashkil etmoqda.
Fikrlar