
Messini katta sovrin kutmoqda!
Goal nashri “Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilarning yangi reytingini e’lon qildi.
Jahon futbolining eng nufuzli sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasida Lionel Messi etakchilikni o‘zida saqlab turibdi.
36 yoshli futbolchi o‘tgan yili Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasini chempionga aylantirgani uning ustunligini ta’minlayapti.
Reytingdan o‘rin olgan kuchli o‘nlik bilan tanishing:
- Lionel Messi (PSJ va “Inter Mayami”)
- Erling Xoland (“Manchester Siti”)
- Kilian Mbappe (PSJ)
- Vinisius Junior (“Real”)
- Kevin De Bryoyne (“Manchester Siti”)
- Rodri (“Manchester Siti”)
- Ilkay Gyundog‘an (“Manchester Siti” va “Barselona”)
- Viktor Osimxen (“Napoli”)
- Robert Levandovski (“Barselona”)
- Xulian Alvares (“Manchester Siti”)
Fikrlar