"Messini misol keltiraman" - Martines MYudagi inqirozni qanday engish kerakligini aytdi

  • 26 dekabr, 2024, 11:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lisandro Martines MYudagi inqirozni qanday engish mumkinligini aytdi. 

"Men har doim Leo Messidan misol keltiraman. U Argentina terma jamoasida juda ko‘p azob chekdi. Messi finallarda mag‘lub bo‘ldi va hatto ba’zi paytlarda terma jamoani o‘ziga mos emas, deb hisobladi. 

Shunday bo‘lsa-da, u intilishda davom etdi, yaqinlari uni qo‘llab-quvvatladi. Qaranglar, bu "tog‘" ortida uni qanday muvaffaqiyatlar kutayotgan edi. 

Men uchun Messi juda sabrli bo‘lish, hech qachon taslim bo‘lmaslik, oxirigacha kurashish va ishonchning ajoyib namunasidir. Argentina terma jamoasi bilan sodir bo‘lgan voqealardan shaxsiy hayotimda ham, futbolda ham foydalanaman",
- dedi himoyachi "TNT Sports" telekanaliga bergan intervyusida. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!