Messining "Barselona" safidagi statistikasi bilan tanishing! (foto)
Xabaringiz bor, Lionel Messi kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlagani uchun erkin agentga aylangandi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi jamoa bilan yangi shartnoma imzolamaydi. 34 yoshli futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, asosiy jamoa safida 2004/05 yilgi mavsumda debyut qilgan va bu payt oralig‘ida 778 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 672 gol hamda 305 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Bu foydali harakatlar orqali u kataloniyaliklarning 35 ta sovrin yutishiga o‘z hissasini qo‘shgan.




Fikrlar