
Messining dubli "Barselona"ga g‘alaba keltirdi
"Barselona" 2020/2021 yilgi mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi o‘rnida "Jirona"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
"Yoxan Kroyf Arena" stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv maydon egalarining to‘liq ustunligida o‘tdi. Koutino yangi jamoadoshi Trinkauning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Keyingi 2 golga jamoa sardori Leo Messi mualliflik qildi.
Fikrlar