
Messining dubli PSJga qiyin o‘yinda g‘alaba keltirdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi “A” guruhi 3-turida PSJ o‘z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi.
Parijdagi o‘yin qiziqarli va murosasiz kechdi. Yakunda esa 3:2 hisobida mezbonlar zafar quchdi. PSJ safida gollarni Kilian Mbappe (9') va Lionel Messi (67', 74') kiritdi. “RB Leyptsig” safida esa Andre Silva (28') hamda Nordi Mukiele (57') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar