
Messining MLSdagi debyuti nega qoldirildi?
Amerikalik muxlislar “Inter Mayami” safiga ko‘chib o‘tgan Lionel Messining MLSdagi debyutini kutayotgan edi.
Bu voqea 20 avgustga belgilangan “Inter Mayami” va “Sharlott” o‘rtasidagi uchrashuvda yuz berishi kerak edi.
Biroq, har ikki jamoa Ligalar kubogi doirasida chorak final o‘yinida o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. Bu bahs 11 avgustga belgilangan. Qaysi jamoa g‘olib chiqishidan qat’i nazar, 20 avgust kuni chempionat doirasidagi “Inter Mayami” va “Sharlott” bahsini o‘tkazib bo‘lmaydi.
Chunki g‘olib jamoa Ligalar kubogining yarim finaliga chiqadi va yana g‘olib chiqsa, finalda o‘ynaydi, yutqazgan taqdirda 19 avgust kuni uchinchi o‘rin uchun bo‘ladigan bellashuvda qatnashadi. Bundan kelib chiqib, chorak final g‘olibi 20 may kuni maydonga tusholmaydi.
Chempionat doirasidagi “Inter Mayami” va “Sharlott” bellashuvi boshqa muddatga qoldirildi.
Messining muxlislari argentinalik yulduzning chempionat doirasidagi debyutini 26 avgust kuni ko‘rishi mumkin. Shu sanada “Inter Mayami” safar uchrashuuvida “Nyu-York Red Bullz” bilan bellashadi.
Fikrlar