Messining oladigan maosh va bonus pullari ma’lum bo‘ldi

  • 12 avgust, 2021, 12:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina PSJ bilan shartnoma imzolagan Lionel Messining transfer tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Tecno

"Le Parisien" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi Parij klubida 2 yil mobaynida 120 million evro ishlab topadi. Jamoa yangi yulduziga yiliga 40 million evro miqdorida bonus taqdim etadi.

Uning maoshi esa, 41 million evro etib belgilangan. Misol uchun, Leo Chempionlar Ligasi va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa, ushbu mukofot pullarini qo‘lga kiritadi. Shu tariqa, Messi PSJning eng ko‘p daromad oladigan o‘yinchisiga aylanadi. Shuningdek, u Frantsiya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Messi yangi klubi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 80 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!