Messining PSJdagi maoshi oshkor bo‘ldi
Frantsiyaning mashhur L'Equipe nashri Lionel Messining PSJda olayotgan maoshi miqdori haqida xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik yulduz Parij klubidagi birinchi yilda 30 million evro maosh oladi. Agar Leo PSJdan ketib qolmasa, uning keyingi ikki yilllik maoshiga 10 million evrodan qo‘shiladi. Shartnomaga ko‘ra, Messi bu mablag‘ni sodiqligi uchun bonus sifatida qabul qiladi.
Lionel Messi “Barselona”ni tark etganidan keyin 10 avgust kuni PSJ bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Tomonlar roziligi bilan bu hamkorlik yana bir mavsum uzaytirilishi mumkin.
Hozircha Messi yangi jamoasida ikkita o‘yinda qatnashib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar