Messining qaysi jamoaga o‘tishi oydinlashmoqda
PSJ hujumchisi Lionel Messi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Inter" Mayami qiziqish bildirmoqda. Klub 35 yoshli Messini o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda. Argentinalik forvardning boshqa jamoalarga o‘tishidan ko‘ra Mayamiga kelish varianti ancha ommalashmoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi aloqalar bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda. Leoning otasi Xorxe Messi MLS klubi hammualliflari bilan ko‘p uchrashuv o‘tkazgan.
Taxminlarga ko‘ra, ikki taraf ham jahon chempionati yakuniga qadar hech qanday muzokara o‘tkazmaydi.
Fikrlar