Messining transfer narxi tushib ketdi

  • 16.07.2019 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dunyogamashhur transfermarkt.de nashri "Barselona" klubi forvardi Lionel Messining transfer narxini qayta baholadi.

Ta’kidlash kerakki, ayni damga kelib 32 yoshli argentinalik futbolchining transfer narxi biroz pasaygan va 150 mln evroga baholanmoqda. Bundan avval esa ushbu ko‘rsatgich 160 mln evroni tashkil etayotgan edi.

E’tiborlisi, Messi shu tariqa dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida 6-o‘ringa tushib ketdi.

Ma’lumot uchun, Messi o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushdi va 51ta gol hamda 21ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!