Messining yangi qirrasi ochildi

  • 29 oktabr, 2020, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchi ekani aniqlandi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik hujumchi faoliyati davomida bir uchrashuvda 57 marotaba uchta gol kiritgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronaldu esa 56 marta xet-trikka erishgan. Demak, bu ikki to‘purar o‘rtasidagi raqobat ayni qizg‘in nuqtada.

Messi va Ronaldu xet-triklar bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan Luis Suaresni ancha ortda qoldirib ketgan. Urugvaylik hujumchi 20 ta o‘yinda uchtadan to‘p kiritgan.

Xet-trik ustalari reyting bilan tanishing:

  1. Lionel Messi — 57 ta xet-trik.
  1. Krishtianu Ronaldu — 56.
  1. Luis Suares — 20.
  1. Robert Levandovski — 19.
  1. Zlatan Ibragimovich — 16.
  1. Serxio Aguero — 15.
  1. Harri Keyn — 14.
  1. Edinson Kavani — 13.
  1. Eran Zaxavi — 11.
  1. Gonsalo Iguain va Yusuf Al-Arabiy — 11.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!