“Metallurg” – “Buxoro”, Prevyu
Bu mazkur jamoalarning o‘zaro 43-bahsi bo‘ladi. Ortda qolgan uchrashuvlarning 19 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 18 ta o‘yinda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. 5 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan.
Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi bittani tashkil etadi. Bu borada qadimiy shahar vakillari oldinda – 58:57. “Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 3:0 ga teng. Bekobodliklar bir marta o‘z maydonida, bir marta Buxoro shahrida shunday muvaffaqiyatga erishgan. “Buxoro”ning bekobodliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi esa 4:0 ni tashkil etadi.
Mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlarida “Metallurg” to‘liq ustunlikka ega bo‘lib kelmoqda. Mezbonlar 21 ta uchrashuvning 17 tasida zafar quchishgan, faqat birinchi o‘yinda kuchlar teng kelgan, 3 bor esa mehmonlar g‘alaba nashidasini surishgan. “Metallurg” o‘tgan mavsum “Buxoro”ni o‘z uyidagi ikkala uchrashuvda ham taslim etgandi. Bahorda o‘tkazilgan o‘yinda bekobodliklar hisobda ortda qola turib, Zohid Abdullaev hamda Zabixillo O‘rinboevlarning gollari evaziga irodali g‘alabaga erishishgandi. Chempionatning so‘nggi turidagi o‘yin taqdirini esa Zafar To‘raev tomonidan kiritilgan yagona gol ham etgandi.
Bekobodda o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:
30.10.2018 «Metallurg» - «Buxoro» 1:0
29.04.2018 «Metallurg» - «Buxoro» 2:1
29.04.2017 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2
24.09.2016 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2
30.10.2015 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2
22.08.2014 «Metallurg» - «Buxoro» 4:3.

Fikrlar