
"Metallurg" o‘rtoqlik o‘yinida tojik klubini yirik hisobda engdi
Birinchi davradan keyin berilgan kichik ta’til yakuniga etgach, 9 iyul sanasidan e’tiboran Bekobodning “Metallurg” jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni o‘z qarorgohida davom ettirmoqda.
Yangi murabbiylar shtabi har kuni ikki mahalda mashg‘ulotlar jarayonini olib borishdi. Kunning birinchi yarmida e’tibor jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlariga qaratilgan bo‘lsa, kunning ikkinchi taymida maydonda, to‘p bilan ishlash, o‘yin uslubini takomillashtirish, turli kombinatsiyalar, standart vaziyatlar ustida ishlandi.
Kecha birinchi hafta mashg‘ulotlarining mantiqiy yakuni – nazorat uchrashuvi bilan tsikl poyoniga etdi. O‘rtoqlik uchrashuvi uchun Bekobodga Tojikistonning “Istaravshan” jamoasi tashrif buyurdi. Har biri 35 daqiqadan 3 ta taymdan iborat bo‘lgan o‘yinda “Metallurg” yirik - 5:0 hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida bir qator yangi o‘yinchilar ham sinovdan o‘tkazildi.
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar