
"Metallurg" ta’tilga chiqdi
Superliga 12-turini safarda “Turon” qarshi o‘tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi futbolchilariga bir haftalik ta’til berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Murabbiylar shtabi va futbolchilar 10 iyul sanasida Bekoboddagi o‘quv mashg‘ulot maskanida jamlanishadi va 13-tur hamda ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashadi.
Quyida “Metallurg” ishtirokida avgust oyidagi o‘yinlar taqvimi bilan tanishing:
13-tur
1 avgust, yakshanba
METALLURG – QIZILQUM
14-tur
7 avgust, shanba
METALLURG — SURXON
15-tur
14 avgust, shanba
BUNYoDKOR — METALLURG
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
19 avgust, payshanba
NASAF — METALLURG
16-tur
25 avgust, chorshanba
METALLURG — MASh’AL
Fikrlar