
"Metallurg"ning "Surxon"ga qarshi o‘yin statistikasi qanday?
19 iyun kuni Superliganing 12-turi boshlanadi. Dastlabki bahs "Surxon" hamda "Metallurg" klublari o‘rtasida o‘tadi.
Ushbu jamoalar kuchlilar safida bugungacha 24 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ustunlik “Metallurg” jamoasi tomonida. Bekobodliklar 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 6 bahsda termizliklar zafar quchgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 25:20.
Termizda kechgan bahslarda esa vohaliklar ustunlikka ega. 12 ta o‘yinning 4 tasida “Surxon” g‘alaba qozongan, 6 ta bahsda durang natija qayd etilgan, 2 tasida bekobodliklar yutuqqa erishgan. To‘plar nisbati – 15:10, termizliklar foydasiga.
“Surxon”ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi – 4:0, “Metallurg”niki – 3:0. O‘tgan mavsum “Surxon” “Metallurg”ni uyda ham, safarda ham 1:0 hisobida yutgandi.
“Surxon” maydonida o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:
20.05.2023 “Surxon” – “Metallurg” – 1:0
18.08.2022 “Surxon” – “Metallurg” – 1:2
11.03.2021 “Surxon” – “Metallurg” – 1:0
25.08.2020 “Surxon” – “Metallurg” – 1:2
10.03.2019 “Surxon” – “Metallurg” – 1:1
Fikrlar