Mikel Arteta "Liverpul"ga qarshi o‘yinda jamoasining o‘yinidan norozi bo‘ldi

  • 12.05.2025 02:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining 36-turida "Arsenal" "Enfild"da "Liverpul" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz biz kutadigan darajadan ancha past edi. Bunday davom etishi mumkin emas. Keyin jamoa yaxshi javob qaytardi — bu zo‘r, ammo umumiy olganda, bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Kuboklar uchun kurashish shart emas, g‘alaba yoki mag‘lubiyat bo‘lishi mumkin. Lekin ma’lum darajadagi o‘yin bo‘lishi shart. G‘alabaga hech kim kafolat berolmaydi. Keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga chiqish uchun olti-etti jamoa kurashadi.

Jamoa bunday o‘ynasa, bu — mening aybim. Bu futbolchilarga bog‘liq emas. Bu — barchamizga bog‘liq. Biz bu standartlarni qabul qilmasligimiz kerak. Bu juda og‘riqli bo‘lishi lozim. Joriy mavsumda olti marta bir o‘yinda bir nafar futbolchisiz qoldik. Biz o‘z darajamizda o‘ynaganimizda nimalarga qodir ekanligimizni ko‘ring, — dedi "kanonirlar" bosh murabbiyi "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!