"Milan" "Barselona" futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 07.03.2019 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" himoyachisi Marku Kukurelya "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “rossonerilar” 20 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida tarkibga qo‘shib olishmoqchi va buning uchun 11 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Kukurele mavsumni “Eybar” safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Ushbu jamoada uni 2 mln evro evaziga sotib olish huquqi mavjud.

Ma’lumot uchun, Kukurelya joriy mavsum “Eybar” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!