"Milan" bu mavsum EChLdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
Evropa chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Portu" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
6-daqiqada mehmonlar futbolchisi Fernando Dias hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Mbenba-Mangulu o‘z darvozani ishg‘ol etib qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng Portugaliya klubi ochkolari sonini 5 taga etkazib olib, "B" guruhida vaqtincha ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. "Milan" ayni damda 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar