"Milan" chindan ham Sardorga qiziqmoqdami? - Klub sport direktori ma’lumot berdi

  • 11 sentabr, 2021, 16:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" sport direktori Frederik Massara "Zenit" klubi hujumchisi Sardar Azmunga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.

- Azmun - sifatli futbolchi. Ammo bu mish-mishlardan boshqa narsa emas. Transfer oynasi allaqachon yopilgan va oldinga yugurishning ma’nosi yo‘q, - dedi Massara Sport24 muxbiri Mixail Mojarovskiyga bergan intervyusida.

Transfer oynasi yopilishidan oldin eronlik futbolchiga "Roma" va "Lion" ham qiziqish bildirgan, biroq Sankt -Peterburg klubi takliflarni rad etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!