"Milan" Donnarumma o‘rniga Turin klubidan darvozabon sotib olmoqchi
"Milan" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Aytish kerakki, 20 yoshli darvozabon “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti. Shu bois mavsum yakunlangach uning jamoadan ketishi kutilmoqda.
Calciomercato nashrining yozishicha "Milan" rahbariyati ayni damda Donnarumma o‘rniga "Torino" posboni Salvatore Siriguni olib kelishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Sirigu joriy mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 54 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transfer narxi esa 8 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar