
"Milan" gollandiyalik hujumchi uchun rus klubiga 30 million to‘lashni istamadi
"Milan" joriy yozgi transferlar davrida Moskvaning "Spartak" klubi hujumchisi Kvinsi Promesni sotib olishga uringan.
Italiya OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra moskvaliklar 26 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun “rossonerilar”dan 30 million evro talab qilishgan. Biroq, ushbu narx milanliklarni qanoatlantirmagan va natijada ushbu transfer barbod bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Promes “Spartak” sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum moskvaliklar safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar