"Milan" qishda Frantsiya chempionidan zo‘r futbolchi oladi
"Milan" klubi "Lill"ning markaziy himoyachisi Sven Botmanni o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "rossonerilar" 21 yoshli niderlandiyalik futbolchini jarohat olgan Simon Kyaerga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Botman uchun shuningdek "Nyukasl" ham kurash olib bormoqda. Frantsiya chempioni esa Svenni sotishga tayyor. Ushbu transfer taxminan 25-30 million evroga baholanmoqda.
Botman joriy mavsum "Lill" safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar