"Milan" yarim himoyachisi Turkiya klubiga o‘tishni istamayapti

  • 4 sentabr, 09:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser Turkiya klubiga o‘tishni rad etishda davom etmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda

"Trabzonspor" futbolchiga taklif bergan, biroq 27 yoshli o‘yinchi bu transferni ma’qullamagan. Hozircha kelishuvga erishilmagan, ammo muzokaralar davom etmoqda.

"Milan" Bennaserga ishonch bildirmayapti va u bilan xayrlashishga tayyor. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini jazoir futbolchisi Frantsiyaning "Marsel" jamoasida ijara asosida o‘tkazdi. Transfermarkt yarim himoyachining qiymatini 15 million evroga baholamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!