"Milan"da derbi oldidan jiddiy yo‘qotishlar bor

  • 5 fevral, 2022, 17:48
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" jamoasi bosh murabbiyi Stefano Pioli bugungi derbi oldidan tarkibda yo‘qotishlar borligini ma’lum qildi. Shuningdek, tarkibda safga qaytgan futbolchilar ham bor. 

Piolining aytishicha, "Inter"ga qarshi bahsda Ibragimovich, Rebich va Ker kabi asosiy tarkib futbolchilari klubga yordam bera olmaydi. Ular hali jarohatdan to‘liq tiklanib ulgurmagan.

Shuningdek, Tomori tiklanishga ulgurib, safga qo‘shilgan bo‘lsa, Kesse terma jamoasidan qaytib kelgan. Qo‘shimchasiga, Teo Ernandesning ham maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" - "Milan" jamoalari o‘rtasidagi Milan derbisi bugun 22:00da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!