
"Milan"ning yana bir futbolchisi safdan chiqdi
“Milan” hujumchisi Ante Rebich A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan “Krotone”ga (2:0) qarshi bellashuvda jiddiy jarohat oldi.
Xorvatiyalik futbolchi ikkinchi bo‘lim boshida erga noqulay yiqilgan va qo‘lidan jarohat olgan. U katta ehtimol bilan “rossonerilar”ning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Bundan avvalroq esa, “Milan”ning yana bir a’zosi Zlatan Ibragimovich koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar