
Milliy chempionatlar mavsumni yakunlay oladilarmi? UEFA prezidenti o‘ylantirayotgan muammo haqida nima dedi?
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin futboldagi hozirgi vaziyat haqida gapirdi.
Ko‘pgina Evropadagi ligalar mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli mavsumni to‘xtatib qo‘yishgandi. Chempionatlarning qachondan davom ettirilishi esa muammoli holat bo‘lib turibdi va bu jarayon UEFA prezidentini ham o‘ylantirib qo‘ygan.
"Biz UEFA Ijroiya qo‘mitasi sanalarni tasdiqlashini kutishimiz kerak. Agar hech narsa o‘zgarmasa, aminmanki, mavsumni, ya’ni UEFA Chempionlar Ligasi va Evropa ligasi turnirlarini yakunlay olamiz.
Milliy chempionatlar - bu alohida narsa va ular qanday harakat qilishlarini o‘zlari hal qilishadi, ammo yuqorida aytib o‘tganimdek, ligalarning kamida 80 foizi mavsumni tugatadi deb o‘ylayman ", deydi Cheferin.
Fikrlar