
Milliy terma jamoa murabbiyligi uchun unutib qo‘yilgan mutaxassis
Tajribali jurnalist va sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzaev O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun ko‘rilayotgan nomzodlar safiga qo‘shish mumkin bo‘lgan tajribali murabbiyni haqida gapirdi.
- Nega Ravshan Haydarovni unutib quymoqdamiz? 2007 yilda "Paxtakor"ni Hamdo‘stlik chempioni qilgan, 2018 yilda Xitoyda o‘tgan qorli finalda Vetnamni mag‘lub etib Osiyo chempioni bo‘lgan va "U-20 Osiyo kubogi-2023"da O‘zbekistonni chempionga aylantirgan ham aynan shu murabbiy bo‘ladi. Shu bilan birga, terma jamoaga Abbosbek Fayzullaev va Abduqodir Husanov kabi yosh futbolchilar jalb qilinmoqda. Bunday holatda esa Haydarovni ham muqobil nomzod sifatida ko‘rish mumkin, - dedi Mirzahakim To‘xtamirzaev.
Ma’lumot uchun, SPORTS.UZ You Tube sahifasidagi "O‘zbekcha Futbol"ning navbatdagi sonida mashhur sharhlovchi loyiha mehmoni bo‘ldi. Mazkur podkast davomida MTJ murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo‘lgan Temur Kapadze bilan ham uyali aloqa vositasi orqali eksklyuziv suhbat amalga oshirildi.
To‘liq suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/AfdPq6RU4j8?si=a4RyQagRE9RfPLhK
Fikrlar