Milner ertaga "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynashi mumkin

  • 2 yanvar, 2019, 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli futbolchi ertaga APLning 21-turida o‘zining sobi jamoasi hisoblangan "Manchester Siti"ga qarshi markaziy bahsda ishtirok etishi mumkin. Buni mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Liverpul" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!