
Mirjalol Qosimov:
Oliy liga 10-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan"-"Bunyodkor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Sho‘rtan"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Bugungi bahs muxlislaruchun ataldi. Tezlik va shiddatli uchrashuv guvohi bo‘ldik. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo futbol. Agar birinchi bo‘limda yaratgan vaziyatlarimizdan to‘g‘ri va unumli foydalanganimizda 3-4ta gol urishimiz mumkin edi.
Meni quvontiradigan jihat shuki, shogirdlarim so‘nggi soniyaga qadar kurashishdi. Muxlislar bugungi o‘yindan xursand bo‘lib ketishdi.
G‘alaba va mag‘lubiyat yonma yon yuradi. Shu o‘yin orqali o‘z xatolarimiz ustida ishlashga harakat qilamiz.
Biz eng yuqori maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.Maqsadimiz jamoaning eski madhiyasini qaytarish. 16-17 yosh bo‘lsa ularni yosh futbolchi desa bo‘ladi, 20 yoshdan o‘tdimi bunday deb bo‘lmaydi. Ularga g‘oliblik ruhiyatini qaytarishimiz kerak. Bunga vaqt kerak.
Keyingi mavsumda OChLga yo‘llanma olishni maqsad qilayapmiz. - deydi Mirjalol Qosimov.
Fahriddin Choriev
Fikrlar