Mirjalol Qosimov "Dinamo"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Ob-havo biroz issiqligiga qaramasdan birinchi bo‘limda ancha jonli o‘yin namoyish etildi. Har ikkala jamoa ham stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar zerikib qolmaydigan tarzda hujumkor o‘ynashga intildi. “Dinamo” ham, AGMK ham tez-tez hujumlar tashkil etdi. Afsus, bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik.

Oddiy vaziyatda to‘p yo‘qotildi va raqib bundan unumli foydalandi. “Dinamo” esa goldan so‘ng qarshi hujumlarda ancha yaxshi harakat qildi. “Dinamo” jamoasini bugungi qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!