Mirjalol Qosimov ikkita mag‘lubiyatdan keyin: "Start kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Buni ham hayrli tarafi bo‘lishi kerak"

  • 07.03.2026 00:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

OKMK klubi kutilmaganda chempionatni ketma-ket ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. Ikkinchi turda olmaliqliklar safarda “Xorazm”ga qarshi maydonga tushdi va unda 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Qo‘ldan kelganicha harakat qildik. Haqiqatan “Xorazm” jamoasida ishtiyoq kuchli edi. Bu ikkinchi bo‘limda yaqqol ko‘rinib qoldi. Birinchi bo‘limda ham yomon o‘yin bo‘lganiy yo‘q. “Bunyodkor”ga qarshi ham birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin bo‘lgandi. Ikkinchi bo‘limda qanqadir tushunarsiz bo‘lyapti. Raqibga imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi. Biz esa imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. “Xorazm”ni tabriklaymiz. Xulosa chiqaramiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rib, ishlashda davom etamiz. Albatta, start kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Buni ham hayrli tarafi bo‘lishi kerak.

- Bugungi uchrashuvdagi rejalaringizni amalga oshishiga nima halaqit qildi?

- Aytayman-ku, bo‘lim boshida yaxshi vaziyatimiz bor edi. “Bunyodkor”ga qarshi bellashuvda ham xuddi shunaqa imkoniyatga ega bo‘lgandik. Bunaqa o‘yinlarda chempionat boshida ko‘p imkoniyatlar bo‘lmaydi. O‘sha yaratilgan vaziyatlardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Albatta, chempionat boshida ko‘proq standartlarga e’tibor qaratiladi. Shuning uchun ko‘p gollar standartlardan uriladi. Shu narsa pand beryapti, deb o‘ylayman. Agar “Bunyodkor” bilan ham, “Xorazm” bilan ham vaziyatlardan to‘g‘ri foydalanganimizda o‘yin boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Ammo gol o‘tkazib yuborilgandan keyin harakatlari va futbolchilardagi ko‘zi “yonishi” birinchi bo‘limdan bo‘lishi kerak. Shu narsalar asqotadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!