
Mirzakamol Nematov Toshkentda jang o‘tkazadi, raqib ham aniq bo‘ldi
Yurtimizda professional boks oqshomlari tashkilotchiligi tobora ortib bormoqda. Xususan, 14 mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Yunusobod sport saroyida "Akhmat Fight Promotion" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida bir qator hamyurtlarimiz ringga ko‘tariladi.
Asosiy janglarning birida super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Mirzakamol Nematov (7-1, 3KO) rossiyalik Zurab Chanievga (5-3-1, 2KO) qarshi jang o‘tkazadi.
24 yoshli Nematov 31 yanvar kuni o‘zining oxirgi jangida Tolibjon Sarabekov ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi. Unga raqiblik qiluvchi Chaniev ham biz uchun begona emas. U o‘z vaqtida boshqa bir O‘zbekiston vakili Husniddin Pulatovni texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.
14 mart kuni bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimizga omad tilab qolamiz!
Fikrlar