Mirzohid G‘ofurov "Navbahor"ni "Neftchi"ga almashtirdi
Yangi mavsumga hozirlik ishlarini davom ettirayotgan “Neftchi” klubi jamoani shakllantirish borasida bugun yana bir transferni amalga oshirdi.
Oxirgi besh yil mobaynida Namangannning “Navbahor” sharafini himoya qilib kelgan mahoratli yarim himoyachi Mirzohid G‘ofurov “Neftchi” bilan shartnomaga imzo chekdi.

Ma’lumot o‘rnida, Mirzohid G‘ofurov o‘tgan mavsumda namanganliklar safida 25 ta bahsda maydonga tushgan. 1 ta gol muallifi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar