Misr terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqqanini ma’lum qildi

  • 30 mart, 2022, 14:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush bosh murabbiylik lavozimidan ketganini ma’lum qildi. Bu haqda u "Tvitter"dagi sahifasida xabar qildi.

Tecno

"Orzular shu erda yakuniga etdi. Biz bor kuchimiz bilan g‘alaba uchun harakat qildik.

Chin qalbimdan termadagi hamma-hammaga minnatdorchilik bildirib qolaman. Menga ishonch bildirganingiz uchun tashakkur.

Bu jamoa mening qalbimda qoladi", - deya yozib qoldirgan portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, kecha Keyrush boshchiligidagi Misr terma jamoasi Senegalga penaltilar seriyasiga ko‘ra (1:3) mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, "ehromlar yurti" vakillari JChga chiqish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!