Mixail Mudrik: Bor yo‘g‘i 20 foiz salohiyatimni ko‘rsatdim

  • 25 iyul, 2023, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubida to‘p surayotgan ukrainalik hujumkor yarim himoyachi Mixail Mudrik ingliz jamoasidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Men hali o‘z salohiyatimni to‘liq ishga tushirganim yo‘q. Bu faqat 20 foizi. Men o‘zimni ajoyib his qilyapman. Maurisio Pochettino qo‘l ostida o‘ynash menga yoqadi. Bizda yangi jamoa bor va unda o‘ynash menga zavq bag‘ishlamoqda”, - dedi Mudrik.

Mixail qishki transfer oynasida «Chelsi» safiga qo‘shildi. Futbolchining transferi London top-klubiga 70 million evroga tushdi.

O‘tgan mavsumda Mudrik “aristokratlar” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!