MMA: Tarixiy O‘zbekiston chempionatining final juftliklari ma’lum bo‘ldi

  • 14 mart, 2020, 21:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, poytaxtimizda aralash jang san’atlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu mamlakat birinchiligi yurtimiz sporti olamida tarixiy voqeylik bo‘lib iz qoldirmoqda.

Tecno

Sababi esa barchaga ma’lum. Bunday turnir O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilyapti.

“O‘zbekiston” sport majmuasida tashkil etilayotgan ushbu chempionat qizg‘in pallasiga etib keldi. Dastlab, o‘smirlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlangan bo‘lsa, bugun, kattalar o‘rtasida chorak va yarim final janglari ham o‘tkazildi.

9 ta vazn toifasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining yarim final natijalari bilan tanishing:

                                                                     52.2 kg
Odil Sayfiddinov (Samarqand) – Nug‘mon Nuriddinov (Toshkent) – Samarqand vakili og‘riqli usulni qo‘llagan holda g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi.

Humoyunshoh Zokirov (Navoi)- Azizbek Usmonov (Toshkent vil) – navoyilik sportchi ochkolar hisobiga g‘olib chiqdi va ikkinchi finalchiga aylandi.

                                                                      56.7 kg

Bexruz Ismoilov (Toshkent) – Diyorbek Ro‘ziboev ( Andijon) – ochkolar hisobiga Toshkent shahri vakili ustun keldi.

Shahzod Po‘latboev (Xorazm) – Alimirzo Kenjaev (Buxoro) – Buxoro vakili og‘riqli usul evaziga g‘alaba qozondi.

                                                                      61.2 kg

Suxrob Otajonov (Xorazm) – Sherzod Rizaqulov (Buxoro)xorazmlik jangchi bo‘g‘ish uslubi evaziga zafar quchdi.

Ilyas Hasanov (Samarqand) – Izzat Qodirov (Toshkent) – Toshkent vakili bo‘g‘ish uslubi orqali g‘oliblikka erishdi.
                                                                        65.8 kg

Asadbek Ne’matov (Toshkent vil) – Farrux Olimjonov (Navoi) – ochkolar hisobiga navoyilik sportchi g‘alaba qozondi.

Behzod Ne’matov (Surxondaryo) – Feruz Usmonov (Toshkent) – Toshkent vakili ochkolar hisobiga zafar quchdi.

                                                                         70.3 kg

Feruz Mirzaqobilov (Qashqadaryo) – Shukrillo Rustamov (Andijon) – ochkolar hisobiga ko‘ra, andijonlik atlet g‘olib chiqdi.

Elbek Misirov (Surxondaryo) - Bexruz Akbarov (Toshkent) – Toshkent vakili g‘alaba qozondi.

                                                                         77.1 kg

Mahmud Roziev (Buxoro) – Doniyor Usmonov (Navoi) – navoyilik sportchi g‘alaba qozondi.

Azizjon G‘ulomhasanov (Samarqand) – Zokirjon Mamarasulov ( Andijon) -  og‘riqli usul evaziga Samarqand vakili g‘olib chiqdi.

                                                                         83.9 kg

Ikrom Erjonov (Qoraqalpog‘iston) – Sardor Hazratov (Navoi) – navoyilik sportchi raqibini nokautga uchratdi.

Abdusodiq Mahmudov ( Qashqadaryo) – Islom Baltaev ( Toshkent) -  Toshkent vakili texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

                                                                           93 kg

Dilshod Jabborov (Farg‘ona) – Robert Goripov (Andijon)Farg‘ona vakili texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Husan Rahimov ( Toshkent) – Akmal Abdubannaev (Namangan) -  texnik nokaut evaziga Toshkent vakili zafar quchdi.

                                                                            120,2 kg

O‘tkir Rajapov (Samarqand) – Fayzullo Muhammadov (Andijon) – Andijon vakili raqibini nokautga uchratdi.

Abbos Rahmatullaev (Surxondaryo) – Shahzod Po‘latov (Buxoro) – ochkolar hisobiga buxorolik atlet g‘alaba qozondi.

Yarim final natijalari shunday ko‘rinish oldi. Ertaga, Quyidagi juftliklar ilk bor o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati g‘olibligi uchun jang olib borishadi.

FINAL

52.2 kg

Odil Sayfiddinov (Samarqand)- Humoyunshoh Zokirov (Navoi)

56.7 kg

Behruz Ismoilov (Toshkent) – Alimirzo Kenjaev (Buxoro)

61.2 kg

Suxrob Otajonov (Xorazm) -Izzat Qodirov (Toshkent)

65.8 kg

Farrux Olimjonov (Navoi) – Feruz Usmonov (Toshkent)

70.3 kg

Shukrullo Rustamov (Andijon) - Bexruz Akbarov (Toshkent)

77.1 kg

Doniyor Usmonov (Navoi) – Azizjon G‘ulomhasanov (Samarqand)

83.9 kg

Sardor Hazratov (Navoi) – Islom Baltaev (Toshkent)

93 kg

Dilshod Jabbarov (Farg‘ona) – Husan Rahimov (Toshkent)

120.2 kg

Fayzullo Muhammadov (Andijon) – Shahzod Po‘latov (Buxoro)

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!