Modrich nima uchun "Milan" taklifini qabul qildi?
Luka Modrich nima uchun "Milan"ga o‘tishga qaror qilganini tushuntirib o‘tdi.
Bir necha kun avval 39 yoshli yarim himoyachi "rossonerilar" bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng xorvatiyalik futbolchi 13 mavsumlik faoliyatini o‘tkazgan "Real Madrid"ni tark etdi.
- Bolaligimda Italiya chempionatini ko‘p tomosha qilardim va "Milan" sevimli jamoam edi. O‘sha paytlarda Xorvatiyada "Milan"ni faol kuzatishardi, sababi u dunyodagi eng mashhur klublardan biri edi. U erda mening kumirim bo‘lgan Zvonimir Boban o‘ynardi.
Endi men shu erdaman, bundan juda xursandman va yangi sarguzashtni intizorlik bilan kutyapman.
- "Milan" taklifini qabul qilishga sizni nima ishontirdi?
- Men Evropada qolishni, raqobatbardosh turnirda o‘ynashni xohlardim. Menda yana bir nechta takliflar bor edi, - dedi Modrich.
Fikrlar