
Modrich ortidan yana bir yulduz Saudiya chempionatiga o‘tishdan bosh tortdi
Saudiya Arabistonining "Al-Halij" klubi o‘z tarkibini mahoratli yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa Isko Alarkonga taklif bilan chiqqan. Ammo ispaniyalik pleymeyker bunga rad javobini bergan, u Evropada ketishni rejalashtirmayapti. Avvalroq, Luka Modrich ham faoliyatini Osiyoda davom ettirishdan bosh tortgandi.
Shu sababdan seyhatliklar bor e’tiborini "Portu" vakili Brunu Koshtaga qaratgan. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
"Al-Halij" 13 uchrashuvda 10 ochko to‘plagan holda, Saudiya chempionatida 14-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar