"Monako" xo‘jayini Rossiyaga 80 million rubl xayriya qildi

  • 10.04.2020 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Monako” klubi xo‘jayini hisoblangan rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev koronavirusga qarshi kurashish doirasida mamlakatning Perm o‘lkasiga 80 million rubl xayriya qildi.

Umumiy hisobda Perm o‘lkasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 140 million rubl xayriya kelib tushgan. Endi ushbu mablag‘larga turli hil himoya vositalari hamda dori-darmonlar sotib olinadi.

Ta’kidlash kerakki, Ribolovlev asli permlik hisoblanadi. U shu erda shifokor bo‘lib ishlagan va keyinchalik shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan. 2011 yildan buyon esa Monakoda istiqomat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!