Morata “Chelsi”ga o‘tgisi kelmayapti
Madridning “Real” klubi hujumchisi Alvaro Morata “Chelsi” taklifini rad etdi va Madridda qolishga qaror qildi. Bu haqda AS nashri ma’lum qilmoqda.
24 yoshli ispaniyalik hujumchi “Real”ni tark etishni istamayapti. Uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan.
Avvalroq iqtidorli futbolchiga “MYu” ham qiziqish bildirgandi, ammo yakunda mankunianlar “Everton”dan 75 mln funt jvaziga Romelu Lukakuni xarid qildi.



Fikrlar