Morata Morentes va Lorentega etib oldi

  • 23.10.2019 17:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha “Atletiko” forvardi Alvaro Morata EChL guruh bosqich 3-turi doirasida “Bayer”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol urib jamoasiga g‘alaba olib keldi.

E’tiborlisi, Morata hamyurtlari Fernando Morentes hamda Fernando Lorentelardan keyin EChLda 4 ta turli jamoalarda gol urgan 3-futbolchi bo‘ldi.

Aniqrog‘i, ispaniyalik futbolchi "Atletiko" dan tashqari "Reala", "Yuventus" va "Chelsi" klublarida o‘ynagan paytlarida ham Chempionlar ligasida gol urgan.

Ma’lumot uchun, Morentes - "Real", "Monako", "Liverpul" va "Valensiya"da, Lorente esa "Yuventus", "Sevilya", "Tottenxem" va "Napoli" safida EChLda gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!